Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzXalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.
🇺🇿O’simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti boshchiligida poytaxtimizdagi Rayyan mehmonxonasida “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida o‘simliklarni himoya qilishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya rasman boshlandi.
📌Bugungi tadbirimizda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, va uning tarkibidagi ilmiy tadqiqot muassasalari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, xalqaro tashkilotlar FAO, ICARDA, KOICA, shuningdek, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Yaponiya davlatlaridan nufuzli ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etmoqda.
✅Mazkur konferensiya global iqlim o‘zgarishining o‘simliklarni himoya qilish tizimlariga ta’siri, kasallik, zararkunanda va begona o`tlar tarqalishini oldini olish bo’yicha, biologik va intellektual texnologiyalar asosida barqaror himoya usullarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalarni muhokama etishga bag‘ishlanadi.