Bizning manzil:
111215, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur ko'chasi 4-uy Elektron manzil: ilmiymarkaz@karantin.uzMintaqaviy filial yangiliklari
✅Joriy yilning 22-sentabr kuni Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali ilmiy xodimlari tomonidan Taqiyatosh tumani Naymanko’l OFY hududidagi oq terak, va qoratol daraxtlarida monitoring oʻtkazildi.
📌Monitoring jarayonida ilmiy xodimlar tomonidan oq terak va qoratol daraxtlarida shahar moʻylovdori (Aeolesthes sarta) zararkunandalari bilan jiddiy zararlanganligi aniqlandi.
💬Tuman bo’limiga zararlangan oq terak va qoratol daraxtlarini zararsizlantirish, agar daraxt zararlanib qurish holatiga kelib qolgan boʻlsa yoqish yoʻli bilan yoʻq qilish shuningdek shikastlangan daraxtlarni agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarishda fosforli va azotli mikroelementlar hamda oʻsimliklarning oʻsishini boshqaruvchi preparatlar bilan oziqlantirish, kimyoviy preparatlar tarkibida fosfatli insektitsidlar bilan ishlov berish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.