Shrift o'lchami:

A

A

Sayt rangi:
A
A
A

Mintaqaviy filial yangiliklari

Mintaqaviy filial yangiliklari

O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon mintaqaviy filiali ilmiy hodimlari hamda viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi bilan birgalikda 2026-yilda o‘simliklarning zararli organizmlari tarqalishini oldini olish, ularning qishlovga ketishini baholash, kuzgi yer kovlash (raskopka) tadbirini o‘tkazish hamda uzoq muddatli bashoratnoma tayyorlash yuzasidan “Dolzarb 20 kunlik” tadbirini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo'yicha seminar tashkil etildi.

📌Seminarda tuman bo‘limi boshliqlari, mutaxassislar fermer xo'jalik raxbarlari ishtirok etishdi. Ilmiy hodimlar tomonidan o‘simliklarning zararli organizmlari tarqalishini oldini olish, ularning qishlovga ketishini baholash, kuzgi yer kovlash (raskopka) qilish bo'yicha tavsiyanomalar tarqatildi va ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.